Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Romano darvozabonning «PSJ»ga ehtimoliy o‘tishi bo‘yicha yangi tafsilotlarni ochiqladi

Romano darvozabonning «PSJ»ga ehtimoliy o‘tishi bo‘yicha yangi tafsilotlarni ochiqladi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi «Parma»ning yaponiyalik darvozaboni Dzion Sudzuki transferi bo‘yicha o‘z taklifini yaxshilamoqchi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, yangi taklifning tuzilishi sof 28 million yevro va bonuslarni o‘z ichiga olgan avvalgisidan farq qiladi. Qayd etilishicha, Sudzuki Fransiya grandiga transferini yakunlashi bilanoq «PSJ»dan ijara huquqi asosida «Yuventus»ga o‘tishi mumkin.

Avvalroq Sudzuki «PSJ» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

Sudzuki 2024 yildan beri «Parma» safida to‘p surib kelmoqda, ushbu davr mobaynida u Seriya A da 57 ta o‘yin o‘tkazgan va Yaponiya terma jamoasi safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Eslatib o‘tamiz, parijliklar tarkibida Rossiya terma jamoasi darvozaboni Matvey Safonov ham to‘p suradi.

Kiritildi: 11:35, 06.08.2026.
O'qildi: 564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик