Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Erik Garsiya ta’tilni qisqartirib, "Barselona" mashg‘ulotlariga barvaqt qaytmoqda

Erik Garsiya ta’tilni qisqartirib, "Barselona" mashg‘ulotlariga barvaqt qaytmoqda

Baho:
+ | -

Catalunya Radio xabariga ko‘ra, "Barselona" himoyachisi Erik Garsiya ta’tilni vaqtidan oldin tugatib, mavsumga tayyorgarlik mashg‘ulotlariga rejadan ilgari qaytmoqchi.

24 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasi tarkibida JCH-2026 g‘olibi bo‘lgan "Barselona" a’zolari uchun rasmiy ta’til 12 avgustgacha belgilanganiga qaramay, shu dam olish kunlari Xansi Flik jamoasiga qo‘shilishi kutilmoqda.

Xabar qilinishicha, Erik JCH davomida Pau Kubarsi va Emerik Laport ortidan asosan zaxirada o‘tirib, turnir davomida bor-yo‘g‘i 20 daqiqa atrofida maydonda harakat qilgani sababli jismoniy jihatdan barvaqt qaytishga tayyor deb hisoblaydi.

Shuningdek, xabarda Mark-Andre ter Shtegen jamoani tark etganidan so‘ng, Garsiya "Barselona"ning yangi sardorlaridan biriga aylanish uchun asosiy nomzod sifatida e’tirof etilayotgani aytiladi. Uning mashg‘ulotlarga barvaqt qaytish qarori yangi mavsum oldidan klubga bo‘lgan sadoqatining yana bir belgisi sifatida ko‘rilmoqda.

Garsiya o‘tgan 2025/26 mavsumini Flik qo‘l ostida muvaffaqiyatli o‘tkazib, bir nechta pozisiyalarda umumiy 51 ta o‘yinda maydonga tushdi va tarkibning muhim a’zosiga aylandi.

Kiritildi: 11:57, 06.08.2026.
O'qildi: 689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик