Hujumchi Ferran Torresning yaqindagi bayonotlari uning "Barselona"dan ketishini tezlashtirishi mumkin.
26 yoshli futbolchi "PSJ" tomonidan o‘ziga bo‘lgan qiziqishni "yaxshi belgi" deb atadi, shuningdek, "ko‘k-anorranglilar" uni olib qolish uchun chaqqonroq harakat qilishlari kerakligiga sha’ma qildi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, "Barselona"da forvardning ushbu gaplarini jamoadan ketish istagining ochiq-oshkora ishorasi sifatida baholashdi. Endi Kataloniya klubi aniq takliflarni kutmoqda.
Torres uchun asosiy da’vogar "PSJ" hisoblanadi. "Barsa" rahbariyati parijliklar Jahon chempionati finalidagi g‘alaba goli muallifi uchun jozibador mablag‘ taklif qilishlarini kutmoqda. Ferranning amaldagi shartnomasi kelasi yili tugaydi, ammo uni arzonga sotishmaydi.













