Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Rasman! Muhammad Saloh «Trabzonspor» bilan shartnoma imzoladi

Rasman! Muhammad Saloh «Trabzonspor» bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Trabzonspor» klubi X ijtimoiy tarmog‘ida misrlik hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

«Professional futbolchi Muhammad Saloh bilan ikki yillik kelishuvga erishildi», — deyiladi xabarda.

34 yoshli Muhammad Salohning avvalgi klubi Angliyaning «Liverpul» jamoasi bo‘lib, u ushbu yozda klubni tark etgan edi. «Liverpul» tarkibida Saloh ikki karra Angliya chempioni (2019/2020, 2024/2025), Chempionlar Ligasi (2018/2019) va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (2019) g‘olibi, shuningdek, mamlakat Kubogi (2021/2022), Angliya ligasi Kubogi (2021/2022, 2023/2024), Angliya Superkubogi (2022) va UYEFA Superkubogi (2019) sohibiga aylangan.

Kiritildi: 17:32, 06.08.2026.
O'qildi: 1193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик