Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Pellegrini «Roma» bilan shartnomasini bir yilga uzaytirish bo‘yicha kelishib oldi

Pellegrini «Roma» bilan shartnomasini bir yilga uzaytirish bo‘yicha kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Roma» yarim himoyachisi Lorenso Pellegrini shartnomasini bir mavsumga — 2027 yilning yoziga qadar uzaytirish bo‘yicha kelishib oldi. Tomonlar hujjatlarni rasmiylashtirishni yakunlashmoqda.

30 yoshli futbolchining shartnomasi iyun oyida yakuniga yetgan edi. Avvalroq «Roma» o‘yinchini olib qolishdan manfaatdor ekani haqida xabar berilgandi. Bahorda Pellegriniga Seriya A va APL klublari tomonidan qiziqish bo‘lgan, biroq futbolchi uchun «Roma» tarkibida o‘ynashda davom etish asosiy ustuvor vazifa edi.

O‘tgan mavsumda Lorenso klub safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yin o‘tkazdi. Yarim himoyachi o‘z hisobiga 7 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Mavsum oxirini Pellegrini jarohat sababli o‘tkazib yubordi.

«Roma» Seriya Aning o‘tgan mavsumini uchinchi o‘rinda yakunladi va keyingi mavsum uchun Chempionlar Ligasining asosiy bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bo‘lajak 2026/27 yilgi mavsumda Djan Pyero Gasperini jamoasi 24 avgust kuni «Fiorentina»ga qarshi o‘yin bilan start oladi.

Kiritildi: 20:00, 06.08.2026.
O'qildi: 1111 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик