«Lids» klubi «Manchester Siti» darvozaboni Jeyms Traffordning transferini amalga oshirganini ma’lum qildi. 23 yoshli angliyalik posbon klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. OAV xabarlariga ko‘ra, transfer summasi bonuslar bilan birga 45 million funt sterlingni tashkil etadi.
Trafford — «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023 yilning iyul oyidan 2025 yilning iyuligacha «Byornli» sharafini himoya qilgan, so‘ng qadrdon klubiga qaytgan edi. 2025/26 yilgi mavsumda darvozabon «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol o‘tkazib yuborgan va 8 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.













