BBC xabariga ko‘ra, Jeremi Doku «Manchester Siti» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Yangi kelishuv keyingi haftada, belgiyalik vinger ta’tildan qaytganidan so‘ng rasman e’lon qilinadi.
24 yoshli futbolchi uch yil oldin jamoaga kelib qo‘shilganidan beri «Siti»ning asosiy va muhim o‘yinchilaridan biriga aylandi.
O‘tgan mavsumda vinger barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning muhim hissalaridan biri Angliya Kubogi yarim finalida «Sautgempton»ga qarshi 2:1 hisobidagi g‘alabada sodir bo‘ldi (1 gol va 1 assist). Mehnatlari evaziga mavsum yakunida «Siti» ushbu kubokni qo‘lga kiritdi.













