Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Mikki van de Ven «Tottenxem» bilan yangi shartnoma imzolaydi

Mikki van de Ven «Tottenxem» bilan yangi shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi himoyachisi Mikki van de Ven jamoada qoladi. Klub niderlandiyalik futbolchi bilan moliyaviy shartlari yaxshilangan yangi uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder va jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar bo‘lajak bitimning sifat va maosh oshirilishi bilan bog‘liq barcha asosiy detallarini kelishib olishgan. «Shporlar» rahbariyati 24 yoshli himoyachini jamoaning asosiy va muhim o‘yinchilaridan biri deb hisoblab, ushbu transfer oynasida sotishni mutlaqo rejalashtirmagan edi. Kelishuv haqidagi rasmiy e’lon yaqin soatlarda kutilmoqda.

Mikki van de Ven 2023 yildan beri Germaniyaning «Volfsburg» klubidan ko‘chib o‘tganidan so‘ng londonliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

O‘tgan mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:50, 07.08.2026.
O'qildi: 546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик