Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Bavariya» prezidenti Bundesliga klublarini tanqid qildi

«Bavariya» prezidenti Bundesliga klublarini tanqid qildi

Baho:
+ | -

«Bavariya» prezidenti Gerbert Xayner Bundesliga klublarining xorijiy turnelar orqali chempionatni xalqaro maydonda targ‘ib qilish borasida yetarlicha harakat qilmayotganini keskin tanqid qildi. 72 yoshli funksioner bu haqda myunxenliklarning Osiyo bo‘ylab mavsum oldi turnesi yakunida to‘xtalib o‘tdi.

«Xalqaro darajaga chiqish va ommalashish — bu faqat bir klubning kuchi bilan amalga oshiriladigan ish emas. Bu Bundesliga sifatida hammamiz birgalikda ishlashimiz kerak bo‘lgan vazifa va liganing o‘zi bu borada ancha faolroq rol o‘ynashi lozim. «Bavariya» bu yukni yolg‘iz o‘zi ko‘tarishini kutish to‘g‘ri emas. Bizga butun Bundesliga tomonidan ancha jiddiyroq qo‘llab-quvvatlov kerak — faqat bir-ikkita klub emas, balki butun liga birgalikda harakat qilishi zarur», — dedi Xayner.

Ma’lumot uchun, ushbu yozda «Bavariya»dan tashqari faqatgina «Leypsig» (JAR) va Dortmundning «Borussiya» (Yaponiya) klublari xorijga turne uyushtirdi.

Kiritildi: 15:57, 07.08.2026.
O'qildi: 711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик