«Real»ning 20 yoshli braziliyalik hujumchisi Endrik keyingi mavsumni ijarada o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. «Qaymoqranglilar» ustozi Joze Mourinyo tarkibdagi yuqori raqobat sababli unga maydonda muntazam o‘rinni kafolatlay olmaydi.
Nashr Endrik uchun asosiy da’vogar sifatida uni ijaraga olmoqchi bo‘lgan «Real Sosyedad» klubini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, «Betis» va «Vilyarreal» ham braziliyalik forvard bilan ijara shartnomasini imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu uchchala klub ham yevrokuboklarda ishtirok etadi, shu sababli ular futbolchini o‘z safiga jalb qila olishi mumkin.













