«Manchester Yunayted» tomonidan jiddiy qiziqish bo‘lishiga qaramay, «Nyukasl» yozgi transfer oynasida himoyachi Lyuis Xollni sotish niyatida emas.
Sky Sports xabariga ko‘ra, mankunianliklar taxminan ikki hafta oldin 21 yoshli angliyalik futbolchining o‘tish imkoniyatini bilish uchun «qarg‘alar»ga murojaat qilishgan, ammo rad javobini olishgan. «Nyukasl» Xoll sotilmasligini ma’lum qilgan.
Xoll 2024 yildan beri «Nyukasl» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi «qarg‘alar» tarkibida barcha turnirlarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va jamoadoshlariga 2 ta golli uzatma oshirdi. Uning bozor qiymati Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra 40 million yevroga baholanmoqda.













