Xoakin Korrea qadrdon «Estudiantes» klubiga qaytdi.
«Inter»ning sobiq hujumchisi Xoakin Korrea «Botafogo»dan «Estudiantes»ga o‘tdi. 31 yoshli argentinalik futbolchi o‘zi tarbiyalangan klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Hujumchi klubning asosiy jamoasida 2012 yilda debyut qilgan va u yerda uch mavsum o‘tkazgan. Yevropada Korrea «Sevilya», «Lasio», «Inter», «Marsel» va «Sampdoriya» klublarida to‘p surgan.
«Lasio» tarkibida u Italiya Kubogi va Superkubogini, «Inter»da esa ikkitadan Italiya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. Argentina terma jamoasi bilan Xoakin 2021 yilgi Amerika Kubogida zafar quchgan.













