«Fenerbaxche» «Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku transferi bo‘yicha rasmiy taklif berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Oldinroq Lukaku MLS va Saudiya Arabistoni klublari tomonidan bo‘lgan bir nechta takliflarni rad etgan edi. Futbolchi uchun asosiy ustuvor vazifa — faoliyatini Yevropada davom ettirish. Lukaku «Napoli»ning mavsumoldi yig‘iniga qo‘shilmadi, uning agenti esa boshqa klubga o‘tish masalasi bo‘yicha ish olib bormoqda.
«Fenerbaxche»dan tashqari, Romeluning transferiga «Beshiktash» va «Atlanta Yunayted» ham qiziqish bildirgan, «Napoli» esa futbolchi uchun 10 million yevro so‘ragan edi. Uning neapolitanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida «Napoli» mart oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida Belgiya terma jamoasi ixtiyoridan qaytgach, klubga o‘z vaqtida yetib kelmagani uchun hujumchini 150 ming yevro miqdorida jarimaga tortgan edi. shuningdek, Lukakuning «Napoli» bilan munosabatlari yomonlashgani, shu sababli forvard yozgi transfer oynasida jamoani tark etmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.
«Fenerbaxche» yangi mavsumni Chempionlar ligasi saralash o‘yinlari bilan rasman boshladi. Unda Istanbul klubi «Gurnik Zabje» to‘sig‘idan o‘tdi va dastlabki o‘yinda «Shturm»ni mag‘lub etdi (2:0).













