Sobiq italiyalik to‘purar Filippo Indzagi asrlar tutashuvida Turinning «Yuventus» va keyinchalik «Milan» klublarida o‘ynab, dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri deb tan olingan davridagi uchta eng yaxshi golini yodga oldi.
«Albatta, bu 2007 yilda Afinada o‘tgan Chempionlar Ligasi finalidagi ikkita golim. O‘sha umuman ajoyib yil bo‘lgandi, uchta turli finalda beshta gol urganman. Jahon chempionatida Chexiya terma jamoasi darvozasiga kiritgan golim va, ehtimol, so‘nggi o‘yinning eng oxirgi daqiqasida «Novara»ga urgan so‘nggi golim», — deydi Indzagi pianetamilan.it nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Filippo o‘zining o‘yinchilik faoliyatini 2012 yilda yakunlagan edi.













