Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Turk klubi Gallaxerni «Tottenxem»dan ijaraga olmoqchi

Turk klubi Gallaxerni «Tottenxem»dan ijaraga olmoqchi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» yarim himoyachisi Konor Gallaxer «Beshiktash»ning qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.

Sözcü xabariga ko‘ra, Turkiya jamoasi «shporlar»ga 26 yoshli angliyalik futbolchini ijaraga olish bo‘yicha taklif bilan chiqqan. Hozirda «Beshiktash» futbolchining o‘zi bilan ham vaqtinchalik o‘tish borasida kelishib olishga harakat qilmoqda.

«Tottenxem» Gallaxerni shu yilning boshida «Atletiko»dan xarid qilgan edi. O‘shandan beri yarim himoyachi barcha turnirlarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Gallaxerning London klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:52, 09.08.2026.
O'qildi: 491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик