Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Mourinyo Vinisiusning «Real»dagi ilk o‘yini haqida fikr bildirdi

Mourinyo Vinisiusning «Real»dagi ilk o‘yini haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Vinisius Junior Madridning «Real» klubida yangi bosh murabbiy Joze Mourinyo qo‘l ostidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.

Braziliyalik futbolchi Vengriyaning «Ferensvarosh» klubiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida tanaffusdan so‘ng zaxiradan maydonga tushdi va o‘yin oxiriga qadar harakat qildi. Bahsda madridliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Vini juda kam mashg‘ulot o‘tkazdi. Bugun u to‘pni olib, 50 metr yugurib, gol urishini kutmagan edim. U hali ham charchagan ko‘rinishda. Chorshanba kuni u albatta optimal holatiga yaqinroq bo‘ladi, yakshanba kuni Gelzenkirxenda esa yanada yaxshi holatga keladi», — deya Mourinyoning so‘zlarini Madrid Zone keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius yaqinda «Real» bilan 2032 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan.

«Qirollik klubi» 12 va 16 avgust kunlari mavsumoldi tayyorgarligi doirasida mos ravishda «Deportivo» hamda «Shalke 04»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Kiritildi: 16:02, 09.08.2026.
O'qildi: 347 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик