Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mika Godts «Ayaks»ning asosiy tarkibidan chiqarildi — «PSJ» transferi yaqin

Mika Godts «Ayaks»ning asosiy tarkibidan chiqarildi — «PSJ» transferi yaqin

Baho:
+ | -

«Ayaks» vingeri Mika Godts Eredivizi yangi mavsumining «PEK Zvolle»ga qarshi ilk uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. Bu qaror futbolchining «PSJ»ga ehtimoliy transferi atrofidagi mish-mishlar kuchaygan bir paytda qabul qilindi.

Dastlab Godts «Ayaks»ning asosiy tarkibiga kiritilgan edi. Biroq klub belgiyalik futbolchining «asosiy tarkibda o‘ynash uchun yetarlicha tayyor emasligi»ni ma’lum qilganidan so‘ng, uning o‘rniga Abdulla Uazan chiqarildi. Uazan Eredivizidagi debyutini o‘tkazadi.

Godtsning aynan shu paytda tarkibdan chiqarilishi e’tiborni tortdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi «PSJ»ga o‘tishga yaqin turibdi. U Fransiya chempioni bilan og‘zaki kelishuvga erishgani, unga 2031 yoki 2032 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tayyorlangani aytilmoqda.

«PSJ» avvalroq bonuslarni hisobga olgan holda 40–45 million yevro atrofidagi dastlabki taklifni yuborgan. Biroq «Ayaks» ushbu taklifni rad etgan va o‘z vingeri uchun taxminan 60 million yevro talab qilmoqda.

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Xabarlarga ko‘ra, «PSJ» yangi taklif tayyorlamoqda va uning qiymati 55 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.

Godts o‘tgan mavsumda o‘zini ko‘rsata oldi. U barcha musobaqalarda 17 ta gol va 12 ta golli uzatma qayd etgan.

Kiritildi: 17:56, 09.08.2026.
O'qildi: 688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик