Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» «Atletiko»ni mag‘lub etdi

«Manchester Siti» «Atletiko»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» Seulda o‘tkazilgan nazorat uchrashuvida Madridning «Atletiko» klubini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvda hisobni 43-daqiqada «matraschilar» yarim himoyachisi Morten Yulmann ochdi. Biroq ikkinchi bo‘limda «shaharliklar» futbolchilari vaziyatni tubdan o‘zgartirdi.

57-daqiqada Omar Marmush Antuan Semenyoning uzatmasidan keyin hisobni tenglashtirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Marmush yana bir bor o‘zini ko‘rsatib, «Manchester Siti»ni oldinga olib chiqdi. Bu safar ham unga Semenyo assistentlik qildi.

Uchrashuvdagi so‘nggi gol 90-daqiqada kiritildi. Rayan Ayt-Nuri Divayn Mubamaning uzatmasidan keyin hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Shu tariqa «Manchester Siti» «Atletiko» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 18:07, 09.08.2026.
O'qildi: 1390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик