«Liverpul» markaziy himoyachisi Ronald Arauxo ingliz futboliga moslashish haqidagi savolga javob berdi.
Do‘shanba kuni «qizillar» urugvaylik futbolchini o‘zlarining yangi a’zosi sifatida tanishtirishdi. 27 yoshli futbolchi mavsum oxirigacha «Barselona»dan ijaraga olingan.
«Manda hech qanday shubha yo‘q. Mening sifatlarim Premyer-liga uchun juda mos keladi va bu yerdagi o‘yin uslubiga ajoyib tarzda tushadi, deb o‘ylayman. Men anchadan beri ushbu chempionatda o‘ynashni xohlardim. Bu juda kuchli liga bo‘lib, uni ko‘pchilik dunyodagi eng yaxshisi deb hisoblaydi. Men shijoatga to‘laman va o‘yinlar boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman», — deydi Arauxoning so‘zlarini keltirgan «Liverpul» rasmiy sayti.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ijara shartnomasiga 55 million yevro evaziga sotib olish huquqi kiritilgan.













