Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» yosh himoyachisini Angliyaga qo‘yib yuborishga tayyor

«Barselona» yosh himoyachisini Angliyaga qo‘yib yuborishga tayyor

Baho:
+ | -

«Barselona»ning o‘ng qanot himoyachisi Ektor Fort faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Sebastyen Vidal xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Everton» qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi ushbu yozda o‘z tarbiyalanuvchisi bilan xayrlashishga tayyor, chunki u asosiy tarkibdan joy olishi amrimahol.

Ektor Fortga da’vogarlar orasida «Fulxem» va Milanning «Inter» klublari ham tilga olinmoqda. O‘tgan mavsumda lateral ijara huquqi asosida «Elche»da to‘p surdi, ammo jarohatlar tufayli maydonda bor-yo‘g‘i 17 marotaba ko‘rinish berib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 14:50, 11.08.2026.
O'qildi: 683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик