«Fenerbaxche» Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukakuning transferi bo‘yicha «Napoli» bilan bitimni deyarli yakunladi.
Istanbul klubining 6 million yevrolik ikkinchi taklifidan so‘ng neapolliklar taslim bo‘lishdi. Birinchi safar «Napoli» futbolchini sotishdan bosh tortgan edi.
Insayder Fabrisio Romano ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichiga chiqishgan.
Butun 2025/2026 yilgi mavsum davomida Lukaku jarohat tufayli sanoqli o‘yinlardagina maydonga tushdi. Shu bilan birga, u o‘zboshimchalik bilan davolanish uchun vataniga jo‘nab ketib, Antonio Konte bilan urishib qolgan edi.
JCH-2026'da forvard 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 33 yoshli o‘yinchi bahslarni zaxira o‘rindig‘ida boshlab, o‘yin davomida maydonga tushgan.













