Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

«Aston Villa» va «Atletiko» Rujerining 25+1,5 mln yevrolik transferi bo‘yicha kelishib olishdi

«Aston Villa» va «Atletiko» Rujerining 25+1,5 mln yevrolik transferi bo‘yicha kelishib olishdi

Baho:
+ | -

«Atletiko»ning chap qanot himoyachisi Matteo Rujeri «Aston Villa»ga o‘tmoqda.

Klublar 24 yoshli italiyalik futbolchining transferi bo‘yicha 25 million yevroga og‘zaki kelishib olishdi. Yana 1,5 million yevro bonuslar sifatida ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi Fabrisio Romano.

Matteo Birmingem klubi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha allaqachon kelishib oldi. Agar hujjatlar yaqin kunlarda tasdiqlansa, futbolchi shu haftada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun jo‘nab ketadi.

Rujeri «Atalanta»dan 17+3 million yevro evaziga transfer qilinganidan so‘ng «Atletiko»da bir mavsum o‘tkazdi. La Liganing 26 ta o‘yinida u 3 ta golli uzatma berdi va 4 ta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 06:50, 12.08.2026.
O'qildi: 261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик