«Pari Sen-Jermen» UEFA Superkubogi uchun bahsda «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, sovrinni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Fransiya grandi so‘nggi sakkiz mavsumdan buyon davom etayotgan an’anani saqlab qoldi. Ushbu davr mobaynida Chempionlar ligasi g‘olibi keyinchalik UEFA Superkubogini ham qo‘lga kiritmoqda.
Avvalgi yillarda UEFA Superkubogida «PSJ» (2025), Madridning «Real» klubi (2024 va 2022), «Manchester Siti» (2023), «Chelsi» (2021), «Bavariya» (2020) va «Liverpul» (2019) g‘olib chiqqan.
Chempionlar ligasi emas, Yevropa ligasi g‘olibi sifatida UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan so‘nggi jamoa Madridning «Atletiko» klubi bo‘lib qolmoqda.
«Atletiko» 2018 yilgi UEFA Superkubogi bahsida shahardoshi «Real»ni 4:2 hisobida mag‘lub etib, sovrin sohibi bo‘lgan edi.













