Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrikening murabbiylik faoliyatidagi sovrinlari soni 22 taga yetdi

Luis Enrikening murabbiylik faoliyatidagi sovrinlari soni 22 taga yetdi

Baho:
+ | -

Luis Enrike «PSJ» bosh murabbiyi sifatida 13-sovrinini qo‘lga kiritdi. Parijliklar UEFA Superkubogi uchun bahsda «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ispaniyalik mutaxassis Fransiya klubidagi uch yillik faoliyati davomida uch martadan mamlakat chempionati va Fransiya Superkubogida, ikki martadan Fransiya kubogi, Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogida, shuningdek, bir marta Qit’alararo kubokda g‘olib chiqdi. «PSJ» uning qo‘l ostida Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham ikkinchi o‘rinni egalladi.

«Barselona»dagi faoliyatini ham hisobga olganda, Luis Enrikening murabbiy sifatida qo‘lga kiritgan sovrinlari soni 22 taga yetdi. Kataloniya klubi bilan u uch marta Ispaniya kubogi, ikki marta La Liga, bir martadan Ispaniya Superkubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Luis Enrike «Roma», «Selta» va Ispaniya milliy jamoasidagi faoliyati davomida sovrin qo‘lga kiritmagan.

Kiritildi: 05:11, 13.08.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик