«Barselona» hamon Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresni transfer qilishga umid qilmoqda. Kataloniya klubi futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etyapti.
Jurnalist Viktor Navarro ma’lumotiga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati transferni amalga oshirish uchun o‘zlariga bog‘liq barcha ishni qilib bo‘lgan, deb hisoblamoqda. Endi klubga vaziyat rivojini kutish qolgan.
«Atletiko» futbolchini sotishni qat’iyan istamayotganiga qaramay, Alvaresning «Barselona»ga o‘tishi hali ham istisno qilinmayapti. Kataloniyaliklar argentinalik hujumchining o‘zi Madrid klubini transferga rozi qilish yo‘lini topishiga umid qilmoqda.
Yaqinda 26 yoshli Alvares «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone bilan bu masalada suhbatlashdi, ammo muzokaralar hozircha hech qanday natija bermadi.













