«Liverpul» darvozaboni Alisson Beker hamon «Yuventus»ning qiziqishlari doirasida qolmoqda.
Turin grandi joriy yozda braziliyalik golkiperni o‘z safiga qo‘shib olishga muvaffaq bo‘lmadi, biroq kelasi yili uning transferini amalga oshirishga umid qilmoqda.
SportMediaset ma’lumotiga ko‘ra, «Yuventus» 2026/27 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng Alissonni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishga harakat qiladi. O‘sha paytda darvozabonning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga yetadi. «Byankoneri» bosh murabbiyi Luchano Spallettining shaxsan o‘zi ham Alisson transferiga qiziqish bildirmoqda.
Kelasi mavsumda «Yuventus»ning asosiy darvozaboni Dzion Suzuki bo‘lishi mumkin. «PSJ» uni «Parma»dan sotib olganidan so‘ng darhol ijaraga berishga tayyor. Turinliklar yaponiyalik golkiperni ijaraga olish variantlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.
Alisson 2018 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Braziliyalik darvozabon oktyabr oyida 34 yoshga to‘ladi.













