Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoadagi futbolchilar maoshi tizimi haqidagi savolga javob berdi.
Chorshanba kuni «kanonirlar» mavsumoldi tayyorgarligi doirasidagi so‘nggi uchrashuvda «Komo»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. O‘yindan so‘ng Angliyaning amaldagi chempionlari bosh murabbiyi jurnalistlarning turli mavzulardagi savollariga javob qaytardi.
— Asosiy tarkib futbolchilarining maoshlari bir-biriga nisbatan teng darajada bo‘lishi kerakmi?
— Bu savolni Andrea Berta va direktorlar kengashiga qoldiraman. Mening vazifam — har bir futbolchidan maksimal natija olish, ular o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish va maoshi qancha bo‘lishidan qat’i nazar, har bir o‘yinchi o‘zini jamoa uchun muhim his qilishiga yordam berish, — dedi Arteta.
«Arsenal» 16 avgust, yakshanba kuni Angliya Superkubogi uchun «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.













