Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Roma»ning Rodrigu Mora transferi bo‘yicha muzokaralari to‘xtab qoldi

«Roma»ning Rodrigu Mora transferi bo‘yicha muzokaralari to‘xtab qoldi

Baho:
+ | -

«Roma»ning «Portu» yarim himoyachisi Rodrigu Morani qo‘shib olish bo‘yicha deyarli yakunlangan transferi kutilmagan o‘zgarishlar sabab to‘xtab qoldi.

La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, Rim klubi 19 yoshli portugaliyalik futbolchini 7 million yevro evaziga ijaraga olish va keyinchalik 43 million yevroga sotib olish imkoniyatini nazarda tutuvchi kelishuvni yakunlashga tayyor edi.

Xarid opsiyasining amalga oshishi bir qator shartlarga bog‘liq bo‘lishi kerak edi. Ular orasida Moraning jamoa uchrashuvlarining kamida 60 foizida ishtirok etishi va «Roma»ning keyingi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi ham bor edi.

Biroq «Portu» prezidenti Andre Villash-Boash mazkur shartlarni yengilroq bajariladigan ko‘rinishga o‘zgartirishni talab qildi. Shuningdek, u muzokaralarning bir bosqichida ijara variantini rad etib, futbolchi uchun to‘liq summani bir yo‘la to‘lashni talab qilgani xabar qilinmoqda.

Shu tariqa, hozircha transfer bo‘yicha muzokaralar vaqtincha to‘xtagan. Endi tomonlar murosa variantini topish uchun muzokaralarni qayta tiklaydimi yoki yo‘qmi — bunisi noma’lum.

Shu bilan birga, Rodrigu Mora «Roma» bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha allaqachon kelishuvga erishgan. Futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 13:22, 13.08.2026.
O'qildi: 603 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик