Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Diyego Gomes "Brayton" bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi

Diyego Gomes "Brayton" bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

"Brayton" yarim himoyachisi Diyego Gomes klub bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi. Kelishuvda uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

23 yoshli futbolchi "Brayton" safiga 2025 yil yanvar oyida qo‘shilgan. Shundan beri u klub tarkibida barcha musobaqalar doirasida 56 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

"Brayton" sport direktori Mayk Keyv Gomesning jamoaga qo‘shilganidan keyingi ta’sirini yuqori baholab, futbolchining kelgusida yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.

"Diyego jamoamizga kelganidan beri muhim futbolchilardan biri bo‘lib kelmoqda. Uning uzoq muddatli kelajagini klub bilan bog‘laganimizdan mamnunmiz.

U Premyer-liga futboliga juda tez moslashdi va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

Biz Diyego bu mavsumda ham rivojlanishda davom etishiga va joriy mavsumda ham, kelajakda ham maqsadlarimizga erishishimizda muhim rol o‘ynashiga ishonamiz", — dedi Keyv.

Kiritildi: 19:03, 14.08.2026.
O'qildi: 1006 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик