«Aston Villa» «Parma» va Yaponiya terma jamoasi darvozaboni Dzion Suzuki uchun kurashga qo‘shildi.
Taniqli jurnalist Ben Djeykobs xabar berishicha, Angliya klubi yaponiyalik darvozabon transferi borasida «Parma» bilan muzokaralarni allaqachon boshlagan. Ehtimoliy kelishuvning boshqa tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.
Avvalroq Suzuki «PSJ»ga o‘tishga yaqin turgan edi. Parijliklar «Parma» bilan kelishuvga erishgan, transfer qiymati taxminan 35 million yevro deb baholangan edi. Biroq so‘nggi pallada transfer amalga oshmay qoldi. Endi darvozabon uchun da’vogarlardan biri «Aston Villa» bo‘ldi.













