Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Romano tasdiqladi: Kanselu keyingi haftada "Barselona" o‘yinchisiga aylanadi

Romano tasdiqladi: Kanselu keyingi haftada "Barselona" o‘yinchisiga aylanadi

Baho:
+ | -

Joau Kanselu "Al-Hilol"ni tark etib, "Barselona"ga ko‘chib o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Avvalroq xabar berilganidek, portugaliyalik futbolchi Saudiya klubi bilan shartnomani bekor qilishga yaqin turibdi. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" qanot himoyachisi bilan tez orada shartnoma imzolanishiga amin — uning qaytishi keyingi haftaga rejalashtirilgan.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida kataloniyaliklar safida ijara asosida to‘p surgan Kanselu 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, futbolchi 2023/24 yilgi mavsumda ham "Barsa" sharafini himoya qilgan edi — o‘shanda ham u "Manchester Siti"dan ijaraga olingandi.

Kiritildi: 08:54, 16.08.2026.
O'qildi: 637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик