Ferran Torresning "PSJ"ga transferi "Barselona" tarixidagi eng qimmat sotuvlardan biriga aylandi. Ispaniyalik hujumchi uchun Parij klubi taxminan 50 million yevro to‘lagan va u bu ko‘rsatkich bo‘yicha kataloniyaliklar tarixida 4-o‘rinni egalladi. "PSJ" 26 yoshli futbolchi bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolagan.
Transfermarkt taqdim etgan reytingda birinchi o‘rin Neymarga tegishli. Braziliyalik futbolchi 2017 yilda "PSJ"ga 222 million yevro evaziga o‘tgan. Keyingi o‘rinlarni "Yuventus"ga 80,6 million yevroga sotilgan Artur Melo va "Real"ga 60 million yevroga yo‘l olgan Luish Figu egallagan.
"Barselona" tarixidagi eng qimmat sotuvlar:
- Neymar — "PSJ", 222 mln yevro
- Artur Melo — "Yuventus", 80,6 mln yevro
- Luish Figu — "Real", 60 mln yevro
- Ferran Torres — "PSJ", 50 mln yevro
- Usmon Dembele — "PSJ", 50 mln yevro
- Aleksis Sanches — "Arsenal", 42,5 mln yevro
- Paulinyo — "Guanchjou Evergrand", 42 mln yevro
- Malkom — "Zenit", 41,5 mln yevro
- Yasper Sillessen — "Valensiya", 35 mln yevro
- Sesk Fabregas — "Chelsi", 33 mln yevro.
Ferran Torres "Barselona"ga 2022 yil yanvarda "Manchester Siti"dan 55 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U kataloniyaliklar safida 207 ta o‘yinda maydonga tushib, 65 ta gol urdi. So‘nggi mavsumda esa 21 ta gol bilan jamoaning muhim hujumchilaridan biri bo‘ldi.














