"Yuventus" qanot hujumchisi Niko Gonsalesning "Atletiko"ga doimiy transferi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Argentinalik futbolchi o‘tgan mavsumni Madrid klubida ijara asosida o‘tkazgan va Diyego Simeone jamoasiga qaytishni istamoqda.
Tomonlar o‘rtasidagi avvalgi kelishuvda 32 million yevrolik majburiy sotib olish bandi mavjud edi. Ammo uning faollashishi uchun belgilangan shartlar bajarilmagan. "Atletiko" bu miqdorni to‘lashni istamayapti va transferni arzonroq summaga amalga oshirishga harakat qilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, "Yuventus" hozir Gonsales uchun taxminan 25–30 million yevro talab qilmoqda, "Atletiko"ning taklifi esa 20–22 million yevro atrofida. Shu sabab klublar hozircha yakuniy kelishuvga erisha olgani yo‘q.
28 yoshli argentinalikning Transfermarkt'dagi bozor qiymati 22 million yevro deb baholangan. Uning "Yuventus" bilan shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi.













