Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Jyul Kunde «Barselona»dagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

Jyul Kunde «Barselona»dagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

«Barselona» markaziy himoyachisi Jyul Kunde Yevropaning bir nechta top-klublari e’tiborini tortdi.

Marca nashrining xabariga ko‘ra, fransuz atrofidagi vaziyatni «PSJ», «Bavariya», «Arsenal», «Tottenxem» va boshqa jamoalar kuzatib borishmoqda, biroq ularning hech biri hozircha rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q.

Eng katta faollikni «Tottenxem» ko‘rsatayotgani aytilmoqda — londonliklar 27 yoshli futbolchi uchun 65 million yevro to‘lashga tayyor. Shunga qaramay, Kundening o‘zi klubini o‘zgartirishga qiziqmayapti. Bir yil avval u «Barselona» bilan shartnomasini 2030 yilning yoziga qadar uzaytirgan edi va avvalgidek Xans-Diter Flik jamoasida qolishni xohlaydi.

Kataloniya klubi rahbariyati o‘yinchining pozisiyasidan xabardor va ushbu yozda uning ketishini kutmayapti.

Shunga qaramay, «Barselona» sport rahbariyati transfer oynasi yopilgunga qadar istisno tariqasida juda manfaatli taklif tushsa, vaziyat o‘zgarishi mumkinligini istisno etmayapti. Ammo Kundening o‘z pozisiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda — u faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirmoqchi.

27 yoshli himoyachi 2022 yilning iyul oyida «Sevilya»dan 50 million yevro evaziga o‘tganidan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:05, 16.08.2026.
O'qildi: 1459 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик