Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Chelsi» hujumchisi jamoadan ketsa ham APLda qolmoqchi

«Chelsi» hujumchisi jamoadan ketsa ham APLda qolmoqchi

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Liam Delap jamoani tark etgan taqdirda ham Angliya Premyer-ligasida qolishni niyat qilgan. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Chelsi» ushbu yozda o‘z hujumchisini sotishni rejalashtirmoqda. Delapga Italiyaning «Komo» klubi tomonidan qiziqish bor. Shuningdek, avvalroq futbolchining nomi «Everton» va «Nyukasl» bilan bog‘langan edi, biroq ushbu klublar hozircha rasmiy taklif bilan chiqishmagan.

Oldinroq «ko‘klar» o‘tgan yozda «Ipsvich»dan 35,5 million yevro evaziga sotib olingan 23 yoshli Delapga transfer narxini belgilagani haqida xabar berilgan edi.

Hujumchi «Chelsi» tarkibida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:23, 16.08.2026.
O'qildi: 740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик