Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

37 yoshli Vitsel «Nissa»ga o‘tishga yaqin turibdi

37 yoshli Vitsel «Nissa»ga o‘tishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

«Zenit»ning sobiq yarim himoyachisi Aksel Vitsel faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

L’Équipe nashrining xabar qilishicha, «Nissa» 37 yoshli belgiyalik futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Tomonlar yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 1 yillik shartnomani muhokama qilishmoqda. Futbolchi dushanba kuni klub qarorgohiga yetib kelishi kutilmoqda.

Vitsel «Jirona»dan ketganidan so‘ng erkin agent maqomida bo‘lib turgan edi. O‘tgan mavsumda u Ispaniya chempionatida 32 ta o‘yinda maydonga tushgan.

«Nissa» yarim himoyachisi Loran Aberjel tizzasidagi xochsimon paylari uzilib, safdan chiqqach, klub Vitsel transferi bo‘yicha harakatlarni jadallashtirdi.

Kiritildi: 16:44, 16.08.2026.
O'qildi: 424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик