Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Husanov "Arsenal"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadi

Husanov "Arsenal"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"ning Angliya Superkubogi doirasida "Arsenal"ga qarshi uchrashuv uchun asosiy tarkibi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bahsni birinchi daqiqalardan boshlaydi.

Enso Mareska Husanovni Ruben Diash va Yoshko Gvardiol bilan birga himoya chizig‘iga joylashtirgan. Jamoa sardori vazifasini Diash bajaradi. Darvozani Janluiji Donnarumma qo‘riqlaydi.

Yangi xarid Elliot Anderson ham asosiy tarkibdan joy olgan. Hujum uchligini Antuan Semenyo, Erling Holand va Jeremi Doku tashkil etadi.

"Manchester Siti"ning asosiy tarkibi:

Donnarumma — Husanov, Diash (sardor), Gvardiol, O'Rayli — Kovachich, Anderson, Foden — Semenyo, Holand, Doku.

"Arsenal" — "Manchester Siti" bahsi Kardiffdagi "Prinsipaliti" stadionida o‘tkaziladi. Angliya chempioni "Arsenal" va Angliya kubogi sohibi "Siti" o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

 
Kiritildi: 17:52, 16.08.2026.
O'qildi: 1108 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик