Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Yuventus» Martines transferidan voz kechdi

«Yuventus» Martines transferidan voz kechdi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines shu yozda «Yuventus»ga o‘tmaydigan bo‘ldi.

The Athletic nashrining xabar berishicha, Turin klubi 33 yoshli argentinalik posbonning transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishdan voz kechgan. Avvalroq «Yuventus» Martines bo‘yicha yangi taklif kiritgan va klublarning narx borasidagi pozisiyalari bir-biriga ancha yaqinlashgan edi. Shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olish ham muammo tug‘dirmasligi kutilayotgandi. Biroq yakunda Italiya klubi muzokaralardan chiqish va e’tiborni boshqa nomzodlarga qaratishga qaror qildi.

Shu bilan birga, avvalroq «Aston Villa» «Parma»dan Dzion Sudzukini xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishgani va Birmingem klubi uni yangi mavsumda asosiy darvozabon sifatida ko‘rayotgani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 06:10, 17.08.2026.
O'qildi: 587 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик