PSVning 37 yoshli vingeri Ivan Perishich «Inter»ga qaytishni juda xohlamoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi 2015 yildan 2022 yilgacha to‘p surgan Milan klubiga qaytish fikrida qat’iy turmoqda. Biroq ushbu ehtimoliy transfer bo‘yicha hozircha hech qanday aniqlik yo‘q.
Yangi mavsumda Perishich barcha turnirlarda 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta assist muallifi bo‘ldi.
Perishichning PSV bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchini 1,2 million yevroga baholamoqda.













