"Tottenxem" darvozaboni Gulyelmo Vikario faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.
Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, italiyalik futbolchi Turin klubi bilan shartnoma imzolab bo‘lgan. 29 yoshli golkiper "Yuventus"ga bepul ijara asosida o‘tmoqda.
Kelishuvga Vikarioni 8 million yevro evaziga sotib olish imkoniyati kiritilgan, biroq bu majburiy shart emas. Shuningdek, transfer doirasida yana 2 million yevro miqdorida bonuslar ham ko‘zda tutilgan.
Vikario 2023 yildan buyon "Tottenxem" sharafini himoya qilib kelmoqda. U London klubi safida barcha musobaqalar doirasida jami 117 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Shuningdek, 29 yoshli darvozabon Italiya milliy jamoasi tarkibida 5 ta o‘yin o‘tkazgan.













