Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Flik Rodri transferiga baho berdi

Flik Rodri transferiga baho berdi

Baho:
+ | -1
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rodri Ernandesning transferi haqida fikr bildirdi.

Seshanba kuni kataloniyaliklar 30 yoshli ispaniyalik yarim himoyachining "Manchester Siti"dan transfer qilinganini rasman e’lon qilgan edi.

"Men Rodrini dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi deb hisoblayman. U o‘yinni nazorat qila oladi, himoyada ham juda kuchli. Uni safimizga qo‘shib olish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo‘ldi va endi u biz bilan ekanidan juda xursandmiz", — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Rodrining transferi "Barselona"ga bonuslarsiz 60 million yevroga tushdi. Yarim himoyachi kataloniya klubi bilan 2030 yil yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Kiritildi: 23:36, 18.08.2026.
O'qildi: 1573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик