Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Zirkzee "Napoli"ning transfer maqsadiga aylandi

Zirkzee "Napoli"ning transfer maqsadiga aylandi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee "Napoli"ning transfer maqsadiga aylandi.

Insayder Janluka Di Marsio ma’lumotiga ko‘ra, Italiya klubi niderlandiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda va bu borada allaqachon so‘rov yuborgan. Biroq manba ta’kidlashicha, neapolliklar "Manchester Yunayted" forvardi bo‘yicha aniq muzokaralarni boshlashdan oldin amaldagi tarkibdagi futbolchilardan biri bilan xayrlashishi kerak.

Avvalroq Joshua Zirkzeega A Seriyaning yana bir vakili — "Yuventus" ham qiziqish bildirgan edi.

Transfermarkt portali 25 yoshli futbolchining bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda. Uning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:39, 19.08.2026.
O'qildi: 331 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик