Joriy yozdan Madridning «Real» klubini boshqarayotgan Joze Mourinyo jamoa so‘nggi yillarda duch kelgan muammolar haqida fikr bildirdi.
«Qaymoqranglilar» so‘nggi ikki mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi va bu holat klub prezidenti Florentino Peresni portugaliyalik mutaxassisni yana jamoaga qaytarishga undadi.
«O‘tgan mavsumda sodir bo‘lgan voqealarga baho berish mening ishim emas. Bu barcha uchun g‘alati va murakkab mavsum bo‘ldi. G‘alaba ham, mag‘lubiyat ham ko‘plab omillarga bog‘liq.
Birinchi kuniyoq aytganimdek, barcha muammolarda faqat ayrimlarni ayblab, boshqalarni esa faqat olqishlashlariga yo‘l qo‘ymayman.
Juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yildi va muvaffaqiyatsizliklar aynan shu bilan bog‘liq. Klubda ko‘pchilik xato qildi — gap faqat futbolchilar va murabbiylar haqida emas», — dedi Mourinyo El Chiringuito nashriga bergan intervyusida.
Portugaliyalik mutaxassisning «Real» bilan shartnomasi 2029 yilga qadar amal qiladi.













