Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Arsenal» himoyachini 60 million yevroga transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

«Arsenal» himoyachini 60 million yevroga transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Baho:
+ | -

«Aston Villa» himoyachisi Ezri Konsa «Arsenal» libosini kiyishga yaqin turibdi. The Athletic xabariga ko‘ra, London klubi Konsaning transferi bo‘yicha kelishib oldi. «Aston Villa» 51 million funt (taxminan 60 million yevro) oladi. Bonuslar evaziga birmingemliklarning daromadi yanada oshishi mumkin.

28 yoshli Konsa «Aston Villa» futbolchilari bilan xayrlashib bo‘lgan. Payshanba kuni himoyachi «Arsenal» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

Ezri Konsa markaziy himoyada ham, o‘ng qanotda ham o‘ynay oladi. Futbolchi Angliya terma jamoasi safida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.

Kiritildi: 20:25, 19.08.2026.
O'qildi: 1473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик