"Arsenal" vingeri Gabriel Martinelli Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.
Braziliyalik futbolchi "Chelsi" vingeri Pedru Netu va yana bir futbolchi bilan birga "Al-Hilol"ning uch nafar nomzoddan iborat qisqa ro‘yxatiga kiritilgan.
Ma’lum qilinishicha, Martinelli "Arsenal"ni tark etadigan bo‘lsa, faoliyatini Yevropadagi boshqa klubda davom ettirishni afzal ko‘radi. Biroq "Al-Hilol" braziliyalik futbolchini asosiy transfer maqsadi sifatida belgilasa, unga katta taklif bilan chiqishga tayyor.













