«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yarim himoyachisi Martin Subimendining ehtimoliy transferi haqida tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.
«Kanonirlar» «Nyukasl»dan Bruno Gimaraesni o‘z safiga qo‘shib olganidan so‘ng Subimendining jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar avj oldi. Biroq Arteta ispaniyalik yarim himoyachi klub uchun muhim futbolchi ekanini ta’kidlab, uni sotish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.
«Yo‘q, u biz uchun haqiqatan ham juda muhim futbolchi. Hech shubhasiz, Martin o‘tgan mavsumda «Arsenal»ning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘ldi. Usiz so‘nggi vaqtlarda erishgan natijalarimizga erisha olmagan bo‘lardik», — dedi Arteta. Uning so‘zlarini insayder Fabrisio Romano keltirdi.
«Arsenal» Subimendini o‘tgan yil yozida «Real Sosyedad»dan 70 million yevro evaziga sotib olgan.
27 yoshli ispaniyalik yarim himoyachining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.













