Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Mastantuono: "Fiorentina"da qanday futbolchi ekanimni ko‘rsataman"

Mastantuono: "Fiorentina"da qanday futbolchi ekanimni ko‘rsataman"

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubidan "Fiorentina"ga ijara asosida o‘tgan Franko Mastantuono o‘tgan mavsumdagi qiyinchiliklar haqida fikr bildirdi. Argentinalik futbolchi 2026/27 yilgi mavsumni Italiya klubida ijara asosida o‘tkazadi.

Yevropadagi ilk mavsumi davomida Mastantuono "Real"ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. Ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istagan futbolchi yozda "Fiorentina" taklifini qabul qildi.

"O‘tgan mavsum "Real"da murakkab kechdi — barcha uchun oson bo‘lmadi. Ammo bunday vaziyatlar insonga o‘rganish va rivojlanishga yordam beradi. "Fiorentina"da qanday futbolchi ekanimni ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘laman", — dedi yaqinda 19 yoshni qarshi olgan Mastantuono.

Eslatib o‘tamiz, "Real" argentinalik iste’dodni 2025 yil yozida "River Pleyt"dan transfer qilgan edi. Futbolchi Madrid klubi bilan olti yillik shartnoma imzolagan.

Kiritildi: 10:46, 21.08.2026.
O'qildi: 436 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик