"Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi Leon Goreska faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Matteo Moretto ma’lumotiga ko‘ra, 31 yoshli germaniyalik futbolchi ayni paytda "Aston Villa" bilan muzokara olib bormoqda. Goreska yozda "Bavariya" bilan shartnomasi yakunlangach, klubni erkin agent sifatida tark etgan. Shu bois Birmingem klubi uni transfer puli to‘lamasdan o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Goreska "Bavariya" safida sakkiz mavsum o‘tkazdi. U myunxenliklar tarkibida jami 312 ta uchrashuvda maydonga tushib, 51 ta gol va 53 ta golli uzatma qayd etgan.
Manbada keltirilishicha, futbolchining Transfermarkt portalidagi bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.













