"Lids" "Milan" hujumchisi Rafael Leauni qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, 27 yoshli portugaliyalik futbolchining vakillari uni yozgi transfer oynasida bir qator APL klublariga, jumladan "Lids"ga ham taklif qilgan. "Milan" ham munosib taklif tushsa, Leauni sotishga tayyor.
Italiya matbuoti ma’lumotlariga ko‘ra, "rossonerilar" futbolchi uchun taxminan 50-60 mln yevro atrofida mablag‘ talab qilmoqda. Shu bilan birga, "Milan" ijara variantini ma’qul ko‘rmayapti va to‘liq transferni istamoqda.
Leau 2019 yildan buyon "Milan" sharafini himoya qilib keladi. U jamoa safida barcha musobaqalarda 290 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 80 ta gol urgan.













