«Manchester Siti» Braziliyaning «Palmeyras» klubi vingeri Allan Elias transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Yaqin soatlarda tomonlar o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar o‘tkazilishi va bu bosqich hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.
Globo Esporte ma’lumotiga ko‘ra, «Palmeyras» 22 yoshli futbolchining transferidan 35–40 million yevro atrofida mablag‘ olishni muhokama qilmoqda. «Manchester Siti»ning rasmiy taklifi haqida hozircha ma’lumot yo‘q, ammo klublar o‘rtasida muzokaralar boshlangan. Allanning shartnomasidagi tovon puli esa 100 million yevro etib belgilangan.
Allan «Palmeyras» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan. Braziliya klubi avvalroq «Aston Villa»ning futbolchi uchun 25 million yevro va yana 5 million yevro bonuslardan iborat ehtimoliy taklifiga ijobiy munosabat bildirmagan.
«Manchester Siti» esa yangi mavsumdagi APLdagi ilk uchrashuvini 23-avgust kuni «Bornmut»ga qarshi o‘tkazadi.













